Afg‘onistonda namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari o‘rtasida otishma yuz berdi

Olam

image

Afg‘onistonning Maydan-Vardak provinsiyasidagi namoyishlar paytida norozilik kuchlari va mahalliy aholi o‘rtasida otishma yuz berdi. Oqibatda 9 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Turkiyaning “Anadolu” axborot agentligi xabar bermoqda

Mamlakat Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Toriq Aryenga ko‘ra, namoyishchilar orasida qurollangan odamlar bor bo‘lgan va xavfsizlik kuchlari o‘t ochishiga to‘g‘ri kelgan.

Ma’lum qilinishicha, to‘qnashuv oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan va 12 kishi yaralangan. Ularning orasida politsiya xodimlari ham bor.

Vazirlik vakilining ta’kidlashicha, o‘q otishni boshlagan qurollangan shaxslar qo‘mondon Abdul G‘ani Alipur boshchiligidagi hazoriy jangarilari bo‘lgan.

O‘z navbatida, Afg‘oniston vitse-prezidenti Sarvar Donish ijtimoiy tarmoqlarda ushbu voqea Maydan Vardak viloyatining Bahsud tumanida sodir bo‘lganini tasdiqladi. Uning yozishicha, xavfsizlik kuchlari namoyishchilarga qarata o‘t ochgan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Anadolu namoyish otishma

Baholaganlar

159

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing