Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish 19 foizga oshdi – BMT
Olam
−
07 noyabr
25012022 yil Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati tomonidan joriy etilgan taqiq amalda bo‘lsa-da, joriy yil Afg‘onistonda ko‘knori ekish 19 foizga oshib, ekin maydoni taxminan 12,8 ming gektarga yetdi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy o‘sishga qaramay, ekin maydonlari “Tolibon” hokimiyatga kelishidan oldingi darajaga nisbatan past darajada saqlanmoqda. Masalan, 2022 yilda bu maydon 232 ming gektarni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilda 95 foizga qisqargan.
“Ko‘knori yetishtirish Afg‘onistonda past darajada saqlanib qolgani sababli, afg‘on fermerlariga noqonuniy bozorlarga bog‘liq bo‘lmagan barqaror daromad manbalarini yaratishda yordam berish uchun imkoniyat va majburiyat mavjud”, dedi UNODC ijrochi direktori Gada Vali hisobot xulosalariga izoh berib.
Tadqiqot davomida BMT mutaxassislari ko‘knori ishlab chiqarish markazining janubi-g‘arbiy viloyatlardan shimoli-sharqiy hududlarga siljishini aniqlagan. Mutaxassislar buni ilgari ko‘knori bilan shug‘ullanmagan fermerlarning giyohvand moddalar bozoriga kirishga intilishi bilan izohlamoqda. Ularni juda yuqori ko‘knori narxi jalb qilyapti – yilning birinchi yarmida uning o‘rtacha narxi bir kilogramm quruq ko‘knori uchun 730 AQSH dollarni tashkil etgan. Bu esa hozirgi hukumat taqiq joriy etishidan avvalgi narxdan (kilogrammiga 100 dollar) sezilarli darajada yuqori.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili UNODC Myanmani afyun (ko‘knorning dumbul boshog‘idan olib quritilgan shira) ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi davlat deb e’lon qilgan edi.
LiveBarchasi