Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi

Jamiyat

image

Bugun, 19 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 11:47 da Afg‘onistonda 5,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, zilzila epitsentri Toshkentdan 547 km janubi-sharqda. Magnituda: 5,5. Chuqurligi: 120 km. Epitsentr: Badaxshon, Afg‘oniston. Zilzila koordinatalari: 36,54 gradus shimoliy kenglik; 70,96 gradus sharqiy uzunlik. Epitsentrda sezilish kuchi: 3 ball.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Surxondaryo viloyatida 2-3 ball, 336 km;
  • Farg‘ona viloyatida 2 ball, 433 km;
  • Sirdaryo viloyatida 2 ball, 479 km;
  • Jizzax viloyatida 2 ball, 481 km;
  • Andijon viloyatida 2 ball, 488 km;
  • Samarqand viloyatida 2 ball, 492 km;
  • Namangan viloyatida 2 ball, 500 km;
  • Qashqadaryo viloyatida 2 ball, 523 km.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Afg‘oniston hududida 6,3 magnitudali yer qimirlashi sodir bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing