Afg‘onistonda ketma-ket ikkita zilzila sodir bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 3 iyun kuni Afg‘onistonda uch soatdan kamroq vaqt ichida ikki marta 3,8-4,1 balli zilzila kuzatildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring markazi xabar qildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 12:53 da (Grinvich bo‘yicha 07:53 da) Afg‘onistonda 4,1 balli zilzila sodir bo‘lgan.

Zilzila koordinatalari:

  • 35,9 gradus shimoliy kenglik;
  • 69,29 gradus sharqiy uzunlikka ega.

Yer silkinishining o‘chog‘i 100 km chuqurlikda, epimarkazi esa Toshkentdan 597 km janubi-sharqda joylashgan.

Bundan tashqari, Toshkent vaqti bilan 15:25 (Grinvich bo‘yicha 10:25) da Afg‘onistonda 3,8 balli zilzila sodir bo‘lgan.

Zilzila koordinatalari:

  • 35,81 gradus shimoliy kenglik;
  • 69,15 gradus sharqiy uzunlikka ega.

Yer silkinishining o‘chog‘i 100 km chuqurlikda, epimarkazi esa Toshkentdan 607 km janubi-sharqda joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing