Afg‘onistonda erkaklarga jinsi shim kiyish taqiqlandi
Olam
−
25 Sentabr
5028Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati erkaklarga jinsi shim kiyishni va turli soch turmagini taqiqladi. Bu haqda “The Washington Post” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi qonunlar avgust oyi oxirida qabul qilingan. Ular tashqi ko‘rinish va xatti-harakatlarda musulmon bo‘lmaganlarga taqlid qilishni taqiqlashga qaratilgan.
Afg‘on erkaklariga jinsi shimlar va soch turmagidan tashqari, endi soqollarini kalta kesish, shuningdek, xotini yoki qarindoshlaridan boshqa ayollarga qarash ham taqiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” so‘nggi vaqtlarda jamoat tartibi bo‘yicha qator cheklov va taqiqlar joriy etdi. Jumladan, zarurat bo‘lmaganda ayollarga ko‘chaga chiqishni, sotuvchilar bilan savdolashishni hamda begona erkaklarga qarashni taqiqlagandi.
LiveBarchasi