Afg‘onistonda davlat bayrog‘i qayta ko‘tarildi. “Tolibon” aholini o‘qqa tutdi (video)

Olam

image

“Tolibon” jangarilari Afg‘onistonning Nangarhor viloyatida aholiga qarata o‘q uzdi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

Qayd etilishicha, Nangarhorda aholi Afg‘oniston davlat bayrog‘ini qo‘llab-quvvatlab namoyishga chiqqan. Toliblar esa namoyish ishtirokchilariga qarata o‘q uzgan. Hodisa oqibatida bir necha kishi yaralangan. Mahalliy OAVga ko‘ra, halok bo‘lganlar ham bor.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasi quladi. Prezident Ashraf G‘ani esa iste’foga chiqqanini e’lon qildi. Shu bilan mamlakatda hokimiyat “Tolibon” qo‘liga o‘tdi. 

2001 yil Afg‘onistonga kirgan AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlarining asosiy qismi mamlakatni tark etdi. G‘arb davlatlarining Qobulda qolgan kuchlari diplomatlarni va o‘zlariga yordam bergan afg‘onlarni evakuatsiya qilish bilan band. “Tolibon” siyosiy idorasi vakili Muhammad Naim Afg‘onistonda 20 yil davom etgan urush tugaganini e’lon qildi

Hokimiyatga toliblar kelganidan keyingi dastlabki kunlarda Qobul aeroportida tartibsizlik hukm surdi: odamlar diplomatik xodimlarni mamlakatdan olib ketayotgan xorijiy samolyotlarga hujum qildi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bir necha kishi samolyot bortidan yiqilib vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1190

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing