Afg‘onistonda BMT delegatsiyasiga hujum qilindi. Qurbonlar bor

Olam 5341
image

Bugun, 11 fevral kuni Birlashgan millatlar tashkilotining Afg‘onistondagi missiyasiga tegishli ikkita avtomobilga qurolli hujum uyushtirildi. Bu haqda Afg‘onistonning “Ariana News” telekanali mahalliy politsiyadagi manbalarga asoslanib xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, hujum mamlakat poytaxti Qobul va Jalolobod shahrini bog‘laydigan magistral yo‘lda sodir bo‘lgan. Buning oqibatida, avtomobillardan birining haydovchisi halok bo‘lgan va u boshqarayotgan transport vositasi daryoga tushib ketgan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jami besh kishi ushbu hujumda qurbon bo‘lgan. Biroq vafot etganlarning BMT xodimi yoki missiya qo‘riqchilari ekanligi to‘g‘risida aniq ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 yanvar kuni Afg‘onistonning Maydan-Vardak provinsiyasidagi qurolli to‘qnashuv oqibatida 9 kishi halok bo‘lgandi.

Farruxjon Murodqulov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 250
Reyting: 2.9
t
×