Afg‘onistonda ayollarga mo‘ljallangan radiostansiya ochildi

Olam

image

Afg‘onistonda “Ayollar ovozi” (Nawaye Zan) radiostansiyasi ochildi. Bu haqda “Tolo News” xabar berdi.

Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, bu radiostansiyada faqat ayollar ishlaydi va faqat ayol auditoriyaga mo‘ljallangan. Telekanal Hirot shahrida o‘z faoliyatini boshlagan va ayollar muammolari hamda manfaatlariga bag‘ishlangan kontent yaratuvchi va efirga uzatuvchi o‘ndan ortiq ayol jurnalist faoliyat yuritadi.

Uning ta’sischilariga ko‘ra, ushbu radiostansiya endi ayollar ovozini rasmiylar va butun dunyoga yetkazish imkonini beradi. Radiostansiya direktori Shabnam Karimiy loyiha Afg‘onistonning g‘arbiy mintaqasida ayollarga qaratilgan yagona ommaviy axborot vositasiga aylanganini aytdi.

“Jurnalistlarning o‘zi ham ularning maqsadi ayollar va qizlar duch kelayotgan yutuq va muammolarni yoritish ekanini aytmoqda. Radio xodimlaridan biri Saadiner Yazdanparast radio eshittirishlar orqali “biz ayollar ovozini rasmiylar va dunyoga yetkaza olamiz”, dedi u.

Hirotda radiostansiyaning ochilishi ayollarga nisbatan cheklovlar kuchaytirilgan vaqtga to‘g‘ri kelmoqda: 8 noyabr kuni avvalroq Hirotda ayollarning hukumat binolarida paranjisiz ko‘rinishi, jumladan, tibbiyot markazlari, shifoxonalarga borishi va taksida yurishi taqiqlangani e’lon qilingan edi.

2021 yilning avgust oyida Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritganidan so‘ng, “Tolibon” 1996 yildan 2001 yilgacha hukmronlik qilgan birinchi davrdagidan ko‘ra ko‘proq vazminlik ko‘rsatishga va’da bergan bo‘lsa-da, ayollar huquqlarini doimiy ravishda cheklay boshladi.

Biroq harakat tez orada aksariyat qizlarning maktabga borishini taqiqladi va davlat xizmatida ishlaydigan ayollarga cheklovlar kiritdi. Xotin-qizlar ishlari vazirligi tugatildi. Uning o‘rniga “Tolibon” islomiy fazilatlarni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish vazirligini tashkil etdi. Joriy yilning yanvar oyida esa Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Shermuhammad Abbos Stanikzay mamlakat oliy rahbariyatini xotin-qizlar uchun ta’lim taqiqini bekor qilishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida “Tolibon” muvaqqat hukumatining axborot va madaniyat vazirligi xodimlari xavfsizlik kuchlari bilan birgalikda Afg‘onistondagi yagona ayollar radiosi – “Radio Begum” ofisiga bostirib kirib, uning eshittirishlarini to‘xtatgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon Nawaye Zan Ayollar ovozi radiostantsiya Hirot shahri Shabnam Karimiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing