Afg‘onistonda aholining deyarli yarmi to‘yib ovqatlanmayapti – BMT
Olam
−
28 yanvar 2023
4329Afg‘onistonda to‘yib ovqatlanmaydigan odamlar soni rekord darajaga chiqdi – mamlakatning deyarli yarim aholisi ochlikdan aziyat chekmoqda. Mazkur ma’lumotni Birlashgan Millatlar Tashkiloti oziq-ovqat agentligining Qobuldagi vakili Filip Kropf aytib o‘tgan. Bu haqda “NBC News” xabar berdi.
“40 million aholisi bo‘lgan Afg‘onistonning yarmi mavsumdan qat’iy nazar, yil davomida qattiq ocharchilikka chidamoqda va to‘yib ovqatlanmaslik Afg‘oniston uchun rekord darajada. Och aholining 7 millioni bolalar va onalarni tashkil etmoqda”, deydi Filip Kropf.
Kropfning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yil avgustida “Tolibon” hokimiyatni egallab olishi millionlab odamlarni qashshoqlik chegarasidan pastga tushirdi va xalqaro yordamni to‘xtatdi. U Afg‘oniston xalqi hali ochlikdan o‘lmayotgan bo‘lsada, ularda gumanitar inqirozning oldini olish uchun hech qanday resurs yo‘qligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonning rasmiy manbalariga ko‘ra, mamlakatda anomal sovuq tufayli 124 kishi halok bo‘lgan edi.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi