Afg‘onistonda sovuq tufayli halok bo‘lganlar soni 124 kishiga yetdi
Olam
−
25 yanvar 2023
7346So‘nggi ikki hafta ichida Afg‘onistonda anomal sovuq tufayli 124 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BBC nashri “Tolibon” hukumati vakillariga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu oxirgi o‘n yil ichida mamlakatdagi eng sovuq qish hisoblanadi. Kuchli qor yog‘ishi tufayli ko‘plab hududlar tashqi dunyodan butunlay uzilib qolgan.
Tog‘li hududlar aholisiga yordam berish uchun yuborilgan harbiy vertolyotlar qo‘na olmayapti. Ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin o‘n kun ichida havo isishi kutilmoqda, biroq rasmiylar qurbonlar soni ortib borayotganidan xavotirda.
“Sovuqdan halok bo‘lganlarning aksariyati cho‘ponlar yoki qishloq aholisi. Ular tibbiy yordam olish imkoniga ega emas edilar. Biz hali ham tog‘li hududlarda qolayotganlardan xavotirdamiz. Tog‘lardan o‘tuvchi yo‘llarning aksariyati qor tufayli yopilgan. U yerda mashinalar tiqilib qoladi, yo‘lovchilar past haroratda halok bo‘lishadi”, deydi Tabiiy ofatlarni boshqarish vaziri, mulla Muhammad Abbos Oxund.
LiveBarchasi