Afg‘onistonda 5 magnitudali zilzila bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 3 yanvar kuni Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi. 

Toshkent vaqti bilan soat 14:24 da (Grinvich bo‘yicha 09:24 da) Afg‘onistonda zilzila yuz berdi. Yer silkinishi koordinatalari 37,19 gradus shimoliy kenglik; 71,11 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda – 5. Chuqurlik – 160 km. 

Zilzila epimarkazi Toshkentdan 482 km janubiy-sharqda. 

Eslatib o‘tamiz, 1 yanvar kuni Yaponiyada 7,6 magnitudali zilzila yuz berdi. Shundan so‘ng yer silkinishlari 150 martadan ortiq qayd etilgan. Hozirda zilzila oqibatida vafot etganlar soni 62 nafarni tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing