Afg‘onistonda 40 kishi vabodan o‘lishi fonida O‘zbekistonda ham choralar kuchaytirildi

Salomatlik

image

Afg‘onistonda vabo tarqalishi va bir sutkada 40 kishi ushbu kasallikdan vafot etishi ortidan O‘zbekistonda ham kasallikka qarshi choralar kuchaytirildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya xizmati ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, mamlakatda vabo kasalligi tarqalishini va kelib chiqishining oldini olish maqsadida quyidagi choralar ko‘rilmoqda:

•    kasalliklar chetdan kirib kelishining oldini olish maqsadida respublika bo‘yicha bugungi kunda davlat chegaralarini kesishish joylarida 54 ta sanitariya-karantin punktlari (keyingi o‘rinlarda – SKP deb yuritiladi) faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, shulardan 36 tasi avtomagistral yo‘llarda, 11 tasi xalqaro aeroportlarida, 6 tasi temir yo‘l va 1 tasi daryo portida tashkil etilgan;

•    O‘zbekiston Respublikasi hududiga chegaradan kirib kelayotgan yo‘lovchilarni tibbiy-sanitariya ko‘rigini yaxshilash maqsadida barcha xalqaro aeroportlar va avtomagistral yo‘llarda joylashgan yo‘lovchi o‘tish oqimi yuqori bo‘lgan SKPlar zamonaviy teplovizorlar va kontaktsiz termometr (pirometr)lar bilan yetarlicha ta’minlangan; 

•    yuqumli kasalliklar shifoxonalarida, oral-regidratatsiya punktlarida o‘tkir diareyaga chalingan bemorlarni Sog‘liqni saqlash vazirining amaldagi buyruqlari talablari asosida vaboga tekshirilishi tashkil etilgan;

•    kasallik mavsumida har bemorda chuqur epidemiologik surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda;

•    Sanitariya-epidemiologiya xizmatining maxsus laboratoriyalari vabo kasalligi tashhisoti bo‘yicha kerakli jihozlar, reaktivlar va ozuqa muhitlari bilan yetarli miqdorda ta’minlangan;

•    laboratoriya mutaxassislari qayta tayyorgarlikdan o‘tkazilgan;

•    kasallik mavsumida har hafta ochiq suv havzalaridan namunalar olib, vabo chaqiruvchilariga tekshirilishi amalga oshirib kelinmoqda (NAG va AG vibrionlarga); 

•    kasallikka chalingan (gumon qilingan) bemorlarni yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizish maqsadida shifo-o‘rinlari zaxirasi tashkil etilgan;

•    vabo kasalligiga chalingan bemorlarni davolash ishlarini tashkil etish uchun zarur dori vositalar zaxirasini yaratilgan; 

•    davlat chegara-bojxona postlaridagi sanitariya-karantin punktlari tomonidan kasallanish tarqalgan qo‘shni davlatlardan tashrif buyuradigan fuqarolarning tibbiy nazorati  kuchaytirilgan;

•    karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha aholi o‘rtasida sanitariya-targ‘ibot ishlarini kuchaytirilgan.

Vabo – vibrio cholerae mikroorganizmi keltirib chiqaradigan, o‘tkir infeksiya. Kasallik diareya bilan kechadi, bu suvsizlanish va qon tomirlari yetishmovchiligini keltirib chiqaradi. Ko‘pincha infeksiya ifloslangan suv yoki dengiz mahsulotlari orqali yuqadi.


Maqola muallifi

Teglar

vabo

Baholaganlar

361

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing