Afg‘onistonda hokimiyatga kelgan “Tolibon” ilk bor davlatlararo uchrashuvga taklif qilindi

Olam

image
0:00
0:00
download

“Tolibon” harakati vakillari Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarning uchinchi vazirlar yig‘ilishiga taklif etiladi. Bu haqda Pokiston Tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy ma’lum qildi.  

“Afg‘oniston muvaqqat hukumati Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarning navbatdagi yig‘ilishiga taklif qilinadi”, degan vazir. 

Pokiston joriy yil avgust oyi o‘rtalarida “Tolibon” tomonidan hokimiyat qo‘lga kiritilgandan keyin Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar o‘rtasida maslahatlashuvlar o‘tkazishning yangi mexanizmini ishlab chiqqan. Muzokaralarda Rossiya, Xitoy, Eron, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston ishtirok etmoqda. Ularning birinchi uchrashuvi 8 sentyabr kuni Islomobodda, ikkinchisi 27 oktyabr kuni Tehronda bo‘lib o‘tgan. 

“Tolibon” hech bir uchrashuvga taklif qilinmagan. Ikkinchi maslahatlashuvlar ishtirokchilari qo‘shma bayonotda xalqaro hamjamiyatni “Afg‘oniston bilan ijobiy hamkorlikni davom ettirishga va siyosiy hamkorlik, iqtisodiy integratsiya va mintaqaviy hamkorlik kun tartibini ilgari surish uchun uzoq muddatli yo‘l xaritasini ishlab chiqishga” chaqirgan. 

Afg‘oniston bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish Xitoyda bo‘lib o‘tadi. Uning vaqti hali aniqlanmagan bo‘lsa-da, uchrashuv kelasi yilning boshida bo‘lib o‘tishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

240

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made