Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegara suv toshqini tufayli yuvilib ketdi
Jamiyat
−
06 avgust
29461Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegara suv toshqini tufayli yuvilib ketdi. Bu haqda Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatida energetika va suv resurslari vaziri vazifasini bajaruvchi Abdulatif Mansur ma’lum qildi.
Bildirilishicha, Afg‘oniston bilan Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi chegaralarni belgilash yangi strategiya bo‘yicha amalga oshiriladi.
“Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston bilan chegaralarimiz suv toshqinlari tufayli yuvilib ketdi. Muhimi shundaki, biz o‘tmish chegaralarini belgilash bo‘yicha muhim ishlarni amalga oshirmoqdamiz”, deydi Abdulatif Mansur.
Biroq u chegaralarni tiklash bo‘yicha yangi strategiya qanday bo‘lishiga aniqlik kiritmadi.
Shu bilan birga, Mansur Afg‘onistonning suv boshqaruvi va energiya ishlab chiqarishga bo‘lgan ehtiyojini ta’kidlab, bu borada yirik to‘g‘onlarni qurish, suv, shamol va quyosh resurslaridan foydalanish orqali o‘zini o‘zi ta’minlashga erishishni maqsad qilganini aytgan.
Shuningdek, Afg‘oniston rasmiysi suv resurslarini boshqarish qo‘shni davlatlarga zarar keltirmasligini ta’kidlagan.
“Bizning hech bir harakatimiz qo‘shnilarimizga zarar yetkazishga qaratilmagan va biz qo‘shnilarimizga zarar yetkazish uchun o‘zimizga tegishli ulushdan ko‘proq suv sarflaganimiz yo‘q va shunday qilish niyatimiz ham yo‘q”, deydi vazirlik katta maslahatchisi Faruq A’zam.
LiveBarchasi