Afg‘oniston va Tojikiston o‘rtasida qurolli to‘qnashuv bo‘ldi – OAV
Olam
−
30 avgust 17496 2 daqiqa
Joriy yilning 24 avgust kuni Afg‘onistonning Badahshon viloyati Dovang hududida Afg‘onistondagi “Tolibon” Muvaqqat hukumati va Tojikiston harbiylari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda “Shana news” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, qurolli to‘qnashuv oqibatida bir nafar afg‘onistonlik halok bo‘lgan, to‘rt nafari yaralangan. Mahalliy manbalarning ma’lumotiga ko‘ra, hodisagaAfg‘onistondagi xitoylik kompaniyalar tomonidan foydali qazilma resurslarini olishga bo‘lgan harakatlar va Panj daryosining yo‘lga qo‘yilishi sabab bo‘lgan.
“Shana news”ning qayd etishicha, Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar tarang bo‘lib qolmoqda. “Afghanistan International” xabariga ko‘ra, Dovang chegara hududida “Tolibon” muvaqqat hukumati kuchlari va tojik chegarachilari o‘rtasidagi to‘qnashuvlardan so‘ng “Tolibon” vakillari va Tojikiston harbiylari uchrashuv o‘tkazgan.
Mazkur uchrashuvda daryo suvi va konchilik kompaniyalari masalasidan tashqari, “Tolibon” va Tojikiston vakillari bir-birini o‘z hududlarida muxoliflarni tayyorlash va yashirishda ayblagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 iyulidan 10 avgustigacha Tojikistondan qariyb 1000 nafar Afg‘oniston fuqarosi majburan deportatsiya qilingani haqida xabar berilgan edi. Xususan, Tojikiston-Afg‘oniston chegarasidagi “Panji Poyon – Sherxon Bandar” nazorat-o‘tkazish punkti orqali jami 1647 kishi Afg‘onistonga qaytgan, shulardan 976 nafari majburan chiqarib yuborilgan. Qolganlari esa qarindoshlarini ko‘rish yoki boshqa shaxsiy sabablar bilan ixtiyoriy ravishda Afg‘onistonga o‘tgan.
Live
Barchasi