Afg‘oniston va “Tolibon” vakillari o‘rtasida muzokaralar boshlandi

Olam

image

Eron poytaxti Tehronda Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” harakati vakillari o‘rtasida muzokaralar boshlandi. Bu haqda ISNA agentligi xabar bergan.  

“Bugun Eronda Afg‘oniston hukumati vakillari va “Tolibon” delegatsiyasi ishtirokida afg‘onlararo muzokaralar boshlandi”, deb yozgan nashr. 

Avvalroq, “Tolibon” harakati rahbarlari bir oy ichida rasmiy Afg‘oniston hukumati bilan tinchlik shartnomasi tuzishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandik. 

Afg‘oniston hukumati bilan tinchlik bitimini imzolash rejalari bo‘yicha “Tolibon”ning pozitsiyasini sharhlagan AQSH Davlat departamenti vakili Afg‘onistondagi 40 yillik urushni to‘xtatishning yagona yo‘li muzokaralar bilan hal qilish yo‘li ekanligini aytgandi.

Ma’lumot o‘rnida, AQSH o‘z qo‘shinlarining 90 foizini, allaqachon, Afg‘onistondan olib chiqib ketdi. Bundan tashqari, Italiya va Germaniya ham ushbu mamlakatdan qo‘shinlarini olib chiqib ketgan. Xorijiy qo‘shinlarning mamlakatni tark etishi “Tolibon” harakatiga ustunlik bermoqda va ular birin-ketin mamlakat tumanlarini egallab kelmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, respublikaning 50-70 foizi toliblar qo‘lida.

Bu esa o‘z navbatida Afg‘oniston hukumati qo‘shinlariga qiyinchilik tug‘dirmoqda. Ular toliblarga qarshi jangda vaqti-vaqti bilan chekinishga va hatto, qo‘shni O‘zbekiston hamda Tojikiston hududlariga qochib o‘tishga ham majbur bo‘lmoqda.

Jumladan, joriy yilning 22 iyun kuni 130 dan ortiq afg‘on harbiylari chegaradosh Tojikistonga, 23 iyun kuni esa ularning 53 nafari O‘zbekistonga qochib o‘tgan. Kecha, 5 iyul kuni ham 1000 dan ortiq Afg‘oniston harbiylari “Tolibon” jangarilarining hujumi sabab qo‘shni Tojikistonga qochib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

403

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing