Afg‘oniston o‘zbekistonlik haydovchilar uchun to‘lovlarni kamaytirdi
Jamiyat
−
22 Oktabr
3488Afg‘oniston o‘zbekistonlik yuk tashuvchi mashinalar haydovchilaridan o‘z hududida undiriladigan yig‘imlar miqdorini umumiy hisobda 6 500 afg‘oni (taxminan 99 AQSH dollari) miqdoriga kamaytirdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning eksport va import yuk tashuvlarini Afg‘oniston hududi orqali rivojlantirish, avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirish jarayonida undiriladigan yig‘im va to‘lovlarni qisqartirish, milliy tashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Amudaryo ko‘prigidan o‘tish uchun avval 12 000 afg‘oni (taxminan 182 AQSH dollari) miqdorida undiriladigan yig‘imni joriy yil 28 sentyabrdan 7 000 afg‘oni (taxminan 106 AQSH dollari) etib belgilandi;
Afg‘onistonga yuk avtotransport vositasining kirishi uchun avval 5 000 afg‘oni (taxminan 76 AQSH dollari) miqdorida undiriladigan yig‘im esa 3 500 afg‘oni (taxminan 53 AQSH dollari) etib belgiladi.
“Bugungi kunda Transport vazirligi tomonidan Transafg‘on multimodal transport yo‘lagi orqali yuk tashuvlariga qulay sharoitlar yaratish, undiriladigan yig‘imlar miqdorini optimallashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatida bosh vazir o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul G‘ani Barodar Qobul shahrida afg‘onistonlik va o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan o‘tkazgan uchrashuvda joriy yilning 1 oktyabridan O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida Imtiyozli savdo kelishuvi ishga tushishi xabar qilingandi.
LiveBarchasi