Afg‘oniston terrorchi guruhlari Tojikiston chegarasiga qayta joylashmoqda

Olam

image

Afg‘onistondagi terrorchilik guruhlari Tojikiston bilan chegaradosh shimoliy va sharqiy viloyatlarga faol ravishda qayta joylashmoqda. Bu haqda bugun, 19 oktyabr kuni Tojikiston Ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda Dushanbeda Terrorizmga qarshi kurashda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha yuqori darajadagi konferensiyada so‘zlagan nutqida ma’lum qildi. 

“Hozirda Afg‘oniston hududida, ayniqsa, uning shimoliy viloyatlarida jihodiy madrasalar tashkil etilmoqda, terrorchi guruhlar janubiy va sharqiy viloyatlardan shimolga faol ko‘chib o‘tmoqda”, deydi Rahimzoda. 

Uning ta’kidlashicha, jahonda, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik darajasiga ta’sir etuvchi eng muhim omil Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi hisoblanadi.  

“Ayni paytda Afg‘oniston barcha terrorchilik tashkilotlari uchun jozibador markaz bo‘lib xizmat qilmoqda”, deydi vazir.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda mamlakatda 20 dan ortiq terrorchilik tashkilotlari faoliyat yuritmoqda, ular orasida turli davlatlar, jumladan, mintaqa davlatlari fuqarolari ham bor.

Eslatib o‘tamiz, ushbu konferensiya ochilishida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon nutq so‘zlab, jangarilarning Yaqin Sharqdan boshqa mintaqalarga ko‘chirilishi Afg‘onistondagi terrorchilik tashkilotlarining mavqeini mustahkamlashi va Markaziy Osiyo mintaqasi uchun jiddiy xavf hisoblanishini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston

Baholaganlar

341

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing