Afg‘oniston sharqida toshqin yuz berdi. 150 kishi halok bo‘lgan (video)

Olam

0:00
0:00
download

Afg‘oniston sharqidagi Pokiston bilan chegaradosh Nuriston viloyatida toshqin natijasida kamida 150 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 1TV xabar bergan. 

Nuriston viloyati mahalliy kengashi rahbari Sadulla Payandazoyining so‘zlariga ko‘ra, kuchli yomg‘irlar Kamdish okrugini qoplagan. 80 ga yaqin uylar suv ostida qolgan, o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritilgan. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili, o‘z navbatida, telekanalga bergan izohida 100 kishi o‘lgani haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlagan. Ta’kidlanishicha, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. “Tolibon” nazorati ostidagi tumanlarga gumanitar yordam yetkazib berishning iloji yo‘q. 

Ma’lumot o‘rnida, global iqlim o‘zgarishi fonida ko‘plab davlatlarda kuchli yomg‘irlar yog‘ishi oqibatida suv toshqinlari kuzatilmoqda. 

Avvalroq, Pokistonda kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida suv toshqini yuz bergani, oqibatda ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergandik.  


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston toshqin

Baholaganlar

350

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing