Afg‘oniston kuchlari “Tolibon” razvedka rahbarini yo‘q qildi

Jamiyat

image
Afg‘onistonni “Tolibon”dan Hukumatning o‘zi himoya qilishi kerak — Pentagon  north_east

Afg‘onistonni “Tolibon”dan Hukumatning o‘zi himoya qilishi kerak — Pentagon 

Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari “Tolibon” razvedka xizmati rahbari Kari Shagasini yo‘q qildi. Bu haqda bugun, 12 iyul kuni Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan bayonotda xabar berilgan.

Ma’lum qilinishicha, harbiy operatsiya kecha, 11 iyul kuni Lohar viloyatining Muhammad Ogahiy tumanida o‘tkazilgan. Shu bilan birga, harakat razvedka xizmati rahbari — Shagasining ikki yordamchisi hibsga olingan.

Ma’lumot o‘rnida, iyul oyi boshida toliblar G‘arbiy koalitsiya qo‘shinlari chiqib ketishi munosabati bilan Afg‘onistonning beshta mamlakat — Eron, Tojikiston, Turkmaniston, Xitoy va Pokiston bilan chegaralaridagi hududlarini o‘z nazoratiga oldi. 

Afg‘oniston Qurolli kuchlarining yangi qo‘mondoni general Vali Muhammad Ahmadzayning so‘zlariga ko‘ra, armiya uchun ustuvor vazifa mamlakatning asosiy shaharlari, chegara punktlari va avtomobil yo‘llarini “Tolibon”dan himoya qilishdir. Unga ko‘ra, harakat rahbarlari avval xomashyo yetkazib beradigan asosiy yo‘llarni kesib, so‘ngra shahar va viloyatlarga hujum uyushtirmoqchi.

Qo‘shni Afg‘onistondagi keskinlik

Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat joriy yilning aprelida AQSH Prezidenti Jo Baydenning respublikada Amerika qurolli kuchlarining operatsiyasi yakuniga yetganini e’lon qilganidan so‘ng, ancha yomonlashdi. 

Joriy yilning 6 iyul holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlarining 90 foizidan ko‘prog‘ini Afg‘onistondan olib chiqib ketib bo‘ldi. Bu jarayon 31 avgustga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Shtatlar kabi NATOning boshqa a’zolari ham Afg‘onistonni tark etmoqda. Jumladan, ItaliyaAvstraliya va Germaniya kuchlari, allaqachon, mamlakatdan chiqib ketgan.

Xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistonni tark etishi fonida “Tolibon” harakati mamlakat hududlari ustidan nazoratni o‘rnatish maqsadida hujumlarni kuchaytirmoqda. Toliblarning ta’kidlashicha, ular ayni paytda Afg‘onistonning 85 foizini nazorat qilmoqda. Bundan tashqari, harakat kuchlari bir qator qo‘shni davlatlar — Turkmaniston, Tojikiston, Eron va Pokiston bilan chegarada joylashgan nazorat punktlarini ham egallab olgan. Rasmiy Kobul harakat tarafdorlariga qarshi qarshi hujumlarni rejalashtirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

“Tolibon”

Baholaganlar

243

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing