Afg‘oniston bo‘yicha O‘zbekiston – Germaniya hamkorlik munosabatlari mustahkamlanadi

Jamiyat

image

24 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Gunter Overfeld bilan uchrashdi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, suhbatda Afg‘oniston bo‘yicha O‘zbekiston – Germaniya hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralarda elchi Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish bo‘yicha tashkil etilgan ta’lim markazi negizida sog‘liqni saqlash sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha O‘zbekiston tomoni bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan Germaniya hukumati qarori to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Uchrashuvda, shuningdek, joriy yilning oktyabr oyida mamlakatda o‘tkaziladigan O‘zbekiston – Germaniya biznes forumiga tayyorgarlikning amaliy masalalari muhokama qilindi.

Tadbir doirasida uch tomonlama shaklda aloqalarni o‘rnatish va hamkorlikni faollashtirish maqsadida Termiz shahrida O‘zbekiston – Germaniya – Afg‘oniston uchrashuvini tashkil etish rejalashtirildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Germaniya

Baholaganlar

5

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing