Afg‘oniston bo‘yicha Istanbul konferensiyasi qoldirildi
Olam
−
21 aprel 2021
2594Joriy yilning 24 aprelida boshlanishi kerak bo‘lgan Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish uchun Istanbul konferensiyasi qoldirildi. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li aytib o‘tdi.
Turkiya diplomatiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, forum musulmonlarning muqaddas Ramazon oyi oxirida bo‘lib o‘tadi.
Chavusho‘g‘li Bashar Asad rejimining o‘z nazorati ostidagi hududlarda “prezidentlik deb nomlangan saylovlar”ni o‘tkazish rejalariga ham izoh berdi. Unga ko‘ra, Suriya rejimi tomonidan tayyorlanayotgan “saylovlar” noqonuniy bo‘lib, ularni hech kim tan olmaydi.
Ma’lumot uchun, Afg‘onistonda tinchlik bo‘yicha konferensiya 24 apreldan 4 maygacha Istanbulda o‘tkazilishi kerak edi.
Sammit konferensiyasi Turkiya, Qatar va BMT tomonidan tashkil etilgan.
Afg‘oniston atrofidagi vaziyat
Joriy yilning 14 aprel kuni “Tolibon” barcha xorijiy kuchlarni Afg‘onistondan olib chiqib ketishni talab qildi.
Jo Bayden 11 sentyabrgacha Afg‘onistondagi barcha AQSH askarlarini mamlakatdan chiqarish niyatida ekanini aytgandi. Harbiylarni chiqarish ishlari may oyidan boshlanishi kerak.
OAVda AQSH ortidan uning ittifoqchisi Buyuk Britaniya ham Afg‘onistondagi harbiy kontingentini ortga qaytarishini haqida ma’lumotlar tarqaldi. Shuningdek, Gruziya ham Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqmoqchi ekanini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda o‘ldirilgan tinch aholining 43,5 foizi “Tolibon” hissasiga to‘g‘ri kelayotgani haqida xabar berilgandi.
Keyinchalik, rasmiy Tehron “Tolibon” harakatining Afg‘onistonda Islom amirligini tuzish bo‘yicha rejalari to‘g‘risida xabardorligi va bunga aslo yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi