Afg‘on masalasi Moskvada ko‘riladi. Unda Mirziyoyevning maxsus vakili ishtirok etadi

Olam

image
 Eronda O‘zbekiston va yana 5 davlat TIV rahbarlari uchrashadi. Mavzu Afg‘oniston north_east

Eronda O‘zbekiston va yana 5 davlat TIV rahbarlari uchrashadi. Mavzu Afg‘oniston

Ertaga, 20 oktyabr kuni Rossiya poytaxtida Afg‘oniston masalasi bo‘yicha Moskva formatiga start beriladi. Unda O‘zbekiston tomonidan mamlakat Prezidentining maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Yusup Qobuljonov ma’lum qildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Irgashev boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi Afg‘oniston bo‘yicha Moskva maslahatlashuvlari yig‘ilishida ishtirok etishini tasdiqlaymiz”, deyiladi xabarda.

Rossiya TIV xabariga ko‘ra, ushbu format ishtirokchilari Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy vaziyatning rivojlanish istiqbollari hamda xalqaro hamjamiyatning afg‘ondagi gumanitar inqirozni oldini olish borasidagi sa’y-harakatlarini muhokama qiladi. Ushbu formatda 10 ta davlatdan kelgan delegatsiya hamda “Tolibon” harakati vakillari ishtirok etadi. 

Moskva formati 2017 yilda Rossiya, Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Xitoy va Pokiston maxsus vakillarining olti tomonlama maslahatlashuv mexanizmi asosida yaratilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 15 avgust kuni mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqat hukumatni shakllantirdi

Qayd etish kerakki, toliblar Afg‘onistonda hokimiyatga kelgach, chet davlatlar hamda xalqaro tashkilotlardan kelayotgan yordam to‘xtab qoldi. Bundan tashqari, minglar afg‘onlar vatanini tark etdi va bu jarayon hali ham davom etmoqda. Toliblarni Afg‘onistonda tarafdorlari ko‘pligiga shubha yo‘q, biroq ular hokimiyatga kelgach ko‘plab qiyinchiliklarga uchramoqda. Ayniqsa, moliyaviy tomondan yo‘qotishlar katta.

Shunday bir davrdan jahon hamjamiyati Afg‘onistonni bee’tibor qoldirmoqchi emas. Bunday xatoga dunyo yetakchilari avval yo‘l qo‘ygan. Buning oqibatlari ayniqsa AQSHning esidan chiqmaydi. Afg‘oniston terrorchi guruhlar uyasiga aylanmasligi uchun jahon yetakchilari “Tolibon” bilan ishlamoqchi, hatto ushbu harakat BMT tomonidan terrorchilik tashkiloti, deb tan olingan bo‘lsa ham. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

62

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing