Aeroportda “Roma” muxlislari finalni boshqargan hakamga tashlandi (video)

Sport

image

Budapesht aeroportida Yevropa ligasi finalini boshqargan angliyalik hakam Entoni Teylor va uning oilasi bilan bir guruh “Roma” muxlislari o‘rtasida to‘qnashuv yuzaga keldi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.

Gap shundaki, “Roma” va “Sevilya” o‘rtasidagi final uchrashuvida hakamning bahsli vaziyatdagi qarorlaridan “Roma” futbolchilari va muxlislari norozi bo‘lgan edi. Shuning uchun yuqoridagi mojaro kelib chiqqan.
 
Shu o‘rinda PGMOL ingliz hakamlari tashkiloti ushbu vaziyatga izoh berib, finaldan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda Teylor va uning oilasiga tazyiq o‘tkazilayotgani aks etgan videolardan xabardor ekanligini ma’lum qilgan. Biroq tashkilot bunga javoban qanday chora ko‘rilishiga aniqlik kiritmagan.

Aytish joizki, yuqoridagi to‘qnashuv Entoni Teylor bilan so‘nggi o‘yin tufayli yuzaga kelgan yagona chigal vaziyat emas. Avvalroq “Roma” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino ham ushbu holatdan noroziligini aytgan va final yakunlanganidan so‘ng Teylor bilan avtoturargohda tortishib qolgandi.
 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Roma” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino “Sevilya”ga qarshi final o‘yinida hakamlik qilgan Entoni Teylorni keskin tanqid qilib, uning qizilga tortadigan vaziyatlarda ham sariq kartochka ishlatganidan g‘azablangandi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

hakam Roma muxlislari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing