Aeroport “stoyanka”sida o‘g‘rilik qilganlar ushlandi

Jamiyat

image

Avvalroq, shu yilning 17 oktyabr kuni taxminan soat 13:00da Sergeli tumanida noma’lum shaxs Islom Karimov nomidagi "Toshkent"xalqaro aeroport yonidagi avtoturargohda bo‘la turib, 40 yoshli M.S. tomonidan qarovsiz qoldirilgan sumka o‘g‘irlab ketgani haqida xabar bergan edik.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, olib borilgan tezkor-tergov tadbirlari davomida IIBB xodimlari tomonidan g‘arazgo‘ylarning shaxsi aniqlandi. Ko‘rilgan choralar natijasida 28 yoshli qashqadaryolik Roman L. va 21 yoshli farg‘onalik Sayyora O.lar qo‘lga olindi.

Zero, "Qing‘ir ishning qiyig‘i baribir chiqadi" degan naql bejiz aytilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

o'g'rilar Toshkent aeroporti stoyankasida

Baholaganlar

134

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing