O‘yin vaqtida Kazemironing uyini tunab ketishdi
Sport
−
29 Sentabr 2019
4644Kecha, 28 sentyabr kuni Ispaniya chempionatining "Real" hamda yarim "Atletiko" jamoalari o‘rtasidagi bahs vaqtida "Real"himoyachisi Kazemironing uyi tunab ketildi.
O‘g‘rilar Kazemironing rafiqasi va qizi uyda bo‘lib turgan paytda o‘g‘rilikni amalga oshirgan. Ular qimmatbaho buyumlar va bir qancha pullarni olib ketgan. Hozircha yo‘qolgan narsalarning umumiy summasi aniqlanyapti.
Keyingi vaqtlarda Ispaniyada futbol o‘yinlari vaqtida futbolchilarnig uyini tunash hodisasi ko‘payib ketdi. Bunga qadar "Real"ning bir qancha futbolchilarining uyiga ham o‘g‘rilar kirgandi.
Ma’lumot uchun, 1992 yilda tug‘ilgan Kazemiro "Real" hamda Braziliya milliy terma jamoasida so‘p suradi.
U Chempionlar Ligasining to‘rt karra g‘olibi, Braziliya yoshlar jamoasida Jahon va Janubiy Amerika chempioni, Amerika kubogi va 2018 yilgi Jahon kubogining ishtirokchisi.