Advokatlar Kapitoliyga hujum bo‘yicha Tramp bilan ishlashni xohlamayapti
Olam
−
27 iyul 2023 2599 1 daqiqa
Amerikalik advokatlar o‘z obro‘siga putur yetkazishdan qo‘rqib, Kapitoliyga bostirib kirilishi ishi bo‘yicha AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp bilan ishlashni istamayapti. Bu haqda kecha, 26 iyul kuni “Rolling Stone” jurnali xabar berdi.
Aytilishicha, Tramp 2023 yil 19 iyulda Kapitoliyga bostirib kirish ishi bo‘yicha ayblanganidan keyin yangi advokatlarni jalb qilishga urinib ko‘rgan. Biroq, advokatlar sobiq prezident bilan ishlashdan bosh tortmoqda, chunki ular bu ishni "yutqazishi" tayin deb hisoblamoqda.
Shuningdek, advokatlar agar Tramp bilan ishlashga rozi bo‘lsa, boshqa mijozlarini ham yo‘qotishdan qo‘rqmoqda. Bundan tashqari, sobiq prezident o‘z jamoasini tez-tez almashtirib turuvchi “qiyin mijoz” sifatida ham tanilgan.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning 6 yanvarida o‘sha paytda Amerika yetakchisi bo‘lgan respublikachi Tramp tarafdorlari demokrat Bayden g‘alaba qozongan 2020 yil noyabrida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi natijalarini tasdiqlashga to‘sqinlik qilish maqsadida, Kongress binosiga bostirib kirgan. Oradan 2 yil o‘tib, joriy yilning may oyida AQSH Bosh prokurori Merrik Garlend hujum ishtirokchilariga nisbatan 600 dan ortiq ayblov e’lon qilinganini bildirgan.
Live
Barchasi