Adolatli yangi prokuraturaning huquqiy asoslarini yaratish lozim – Mirziyoyev

Jamiyat

image
Toshkentda yana “snos”. Buni yoritishga borgan jurnalist prokuratura va ichki ishlar xodimlari tahdidiga uchradi north_east

Toshkentda yana “snos”. Buni yoritishga borgan jurnalist prokuratura va ichki ishlar xodimlari tahdidiga uchradi

Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturi – Yangi O‘zbekiston strategiyasini o‘qib eshittirish chog‘ida qonuniylik borasidagi muammolarga ham to‘xtaldi. U O‘zbekistonda qonuniylikni qat’iy ta’minlaydigan, ochiq va adolatli yangi prokuraturaning huquqiy asoslarini yaratish lozimligini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev odil sudlov, inson qadr-qimmati va huquqlari oliy qadriyat sifatida sud-huquq sohasidagi islohotlarning asosiy mazmuni bo‘lib qolishini ta’kidladi.

Uning qayd etishicha, mansabdor shaxslarning qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish tizimi takomillashtiriladi.

Ma’muriy sudlarga davlat idoralari tomonidan yetkazilgan zararni qoplash va boshqa huquqiy oqibatlarga oid masalalarni hal qilish vakolati beriladi.

“Endi qaror noqonuniy emasligini sudda isbotlash majburiyati uni qabul qilgan mansabdorning o‘ziga yuklanadi.

20 yil avval qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonun o‘rniga mamlakatda qonuniylikni qat’iy ta’minlaydigan, ochiq va adolatli yangi prokuraturaning huquqiy asoslarini yaratish lozim”, deya ta’kidladi Mirziyoyev.

Shuningdek, fuqarolar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish maqsadid ushlab turilgan shaxslarni hisobga olishning yagona elektron reyestri ishga tushiriladi. Ishga oid ma’lumotlarni reyestrga kiritmaslik ushlab turish va undan keyingi barcha harakatlarni noqonuniy deb topishga asos bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

prokuratura

Baholaganlar

179

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing