“Adolat” SDPga yangi rais saylandi
Jamiyat
−
23 Oktabr 2020
4766Bugun, 23 oktyabr kuni “Adolat” Sotsial-demokratik partiyasining navbatdan tashqari qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda Bahrom Abdurahmonovich Abduhalimov partiyas Siyosiy kengashi raisi etib saylandi.
Bahrom Abduhalimov O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha vitse-prezidenti (2017 yildan hozirgi vaqtgacha). Tarix fanlari doktori. Markaziy Osiyo tarixi va sharqshunoslik sohasidagi olim.
U 1959-yil 27 fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1981 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) ni tamomlagan. O‘zR FA Sharqshunoslik institutida kichik, katta ilmiy xodim, bo‘lim boshlig‘i, ilmiy kotib, ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, direktor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.
Bahrom Abduhalimov 60 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, shu jumladan 2 ta monografiya muallifi. Bugungacha u 1 nafar fan doktori va 3 nafar fan nomzodlarini tayyorlagan.
Eslatib o‘tamiz, “Adolat” SDPning sobiq raisi Narimon Umarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Oliy Majlis Senati a’zosi etib tayinlandi. Senatning sakkizinchi yalpi majlisida yuqori palataning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi etib saylandi.
LiveBarchasi