ADM Global O‘zbekistonda 1000-Kia Sonet avtomobilini sotdi

Biznes

image

Kia brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan – ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan 1000-avtomobil kaliti egasiga topshirildi. 16 iyul kuni Kia Sergeli rasmiy dilerlik markazida 1000 Sonet avtomobilining tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yubileyli Sonet’ning baxtli sohibiga Kia’ning istalgan rasmiy servis markazida 2 ta texnik xizmat ko‘rsatish uchun sertifikat va brendning esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

To‘rt oydan kamroq muddat davomida 1000 ta avtomobilning sotilishi O‘zbekiston avtomobil reytingida yetakchi o‘rinlarni egallashga imkoniyat beruvchi muhim yutuqdir.  

Kia Sonet: Ixcham krossoverlar dunyosidagi yangi qadam

Kia Sonet o‘zining so‘ngi urfga xos dizayni, a’lo darajadagi samaradorligi va ilg‘or texnologiyalari tufayli ixcham krossoverlar segmentidagi yangi standartlarni o‘rnatmoqda. Xoh tashqi ko‘rinish bo‘lsin, xoh salonning qulayligi yoki funksiyal imkoniyatlari bo‘lsin, Sonet haydovchilarning talablarini to‘liq qondirishi mumkin. Kia avtomobil sanoatida yangi standartlarni o‘rnatishda davom etmoqda va Sonet brendning avtomobillarni yaratishga bo‘lgan ilg‘or yondashuvining yorqin namunasidir.

Kia Sonet yo‘llarda o‘zgacha qiyofasini ko‘rsata oladigan ixcham krossoverni izlayotganlar uchun ishonchli tanlovdir. Uning mustahkam konstruksiyasi, boy ichki jihozlanishi va dinamik xususiyatlari kichik avtomobillarda ham katta imkoniyatlar mavjud bo‘lishi mumkinligini tasdiqlaydi.

Avtomobillarning xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan brendning saytida yoki Kia’ning rasmiy dilerlik markazlarida tanishish mumkin.

Telefon: (+998) 55−500−83−33
Sayt: kia.uz
Facebook: KiaUzbekistan
Instagram: Kia__uzbekistan
Telegram: KiaUzbekistanbot
YouTube: KiaUzbekistan
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Kia ADM Sonet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made