Adliya vazirligining yana bir xodimi jinoyatda gumonlanib, hibsga olindi
3-sahifa
−
04 aprel 2023
17963O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi bosh maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan H.R. hibsga olindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar qildi.
Bizga yetib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, 1983 yilda tug‘ilgan H.R. joriy yilning 3 fevral kuni jinoyat ishi buyicha O‘zbekiston Respublikasi JKning 139-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, JPKning 227-moddasi tartibida ushlangan.
4 fevral kuni H.R.ning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi JKning 237-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan qo‘shimcha malakalangan.
U ayni damda O‘zbekiston Respublikasi IIV JIEDga qarashli 1-sonli Tergov hibsxonasida saqlanmoqda.
Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Oybek Masharipov Urganch shahridagi 1-sonli oilaviy bolalar uyi rahbari Yu.X. bilan til biriktirib, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan muntazam ravishda jinsiy aloqa qilib kelgani, bu uchun o‘ziga berilgan xizmat uyidan foydalangani aniqlangan edi.
1979 yilda Nukus shahrida tug‘ilgan, Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Oybek Masharipov (Aybek Masharipov) va 1984 yilda Yangiariq tumanida tug‘ilgan, Yangiariq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan A.Q. (Anvar Quryazov) Jinoyat kodeksining 128-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 1-qismi va Jinoyat kodeksining eski tahrirdagi 128-1-moddasi (o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 1 yilu 6 oydan ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
LiveBarchasi