Adliya vazirligining advokatura instituti ustidan nazorat va boshqaruvi bekor qilinishi mumkin
Jamiyat
−
15 aprel 2020
4071Advokatura institutini yanada takomillashtirish va advokatlar maqomi tubdan oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaror loyihasida qayd etilgan.
Hujjatga bilan tasdiqlanadigan konsepsiyaga asosan quyidagilarni nazarda tutuvchi advokaturaning chinakam institutsional mustaqilligi ta’minlanadi:
• O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining advokatura institutiga nisbatan nazorat va boshqarish vakolatlarini bekor qilish;
• advokatura faoliyatini normativ jihatdan tartibga solishni O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi vakolatlariga to‘liq o‘tkazish;
• advokaturaning mustaqillik, oshkoralik va ochiqlik prinsiplariga javob beradigan, har bir advokatga advokatura faoliyatini boshqarishda ishtirok etish imkoniyatini ta’minlaydigan advokaturaning o‘zini-o‘zi boshqarish mexanizmini ishlab chiqish;
• O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi organlarini advokatlar tomonidan har qanday tashqi aralashuvsiz bevosita erkin saylash;
• O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasiga advokatlarni advokatura sohasiga qabul qilish, malakasini oshirish, shuningdek, ularga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atish, advokat maqomini tugatish va to‘xtatish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha alohida huquq va vakolatlar berish;
• O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining boshqaruv organlarini shakllantirish masalalarini ham o‘z ichiga oluvchi advokatlar hamjamiyatining eng muhim masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qilishda advokatlar ishtirokini ta’minlash;
• O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining respublika va hududiy boshqarmalari o‘rtasidagi javobgarlik sohasini chegaralash;
• O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini, shu jumladan uning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatidagi shaffofligini ta’minlash;
• advokatlarning boshqaruv organi vakilini muddatidan ilgari chaqirib olish huquqini inobatga olgan holda, boshqaruv organlarining o‘z saylagan advokatlari oldidagi hisobdorligini belgilash;
• O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining to‘rt bo‘g‘inli tuzilmasini: oliy vakillik boshqaruv organini, respublika va viloyatlar darajasidagi ijro organlarini, sohani nazorat qiluvchi organlarni – malaka komissiyasi va intizomiy qo‘mitani, moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qiluvchi organlarni – taftish komissiyasini tashkil etish;
• oliy vakillik boshqaruv organini ikki yilda kamida bir marta chaqirish;
• O‘zbekiston Respublikasi advokatlari umumiy sonining kamida o‘n foizini tashkil etuvchi advokatlarning O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining oliy vakillik boshqaruv organini navbatdan tashqari chaqirish tashabbusi huquqini belgilash;
• ishtirok etish, qaror qabul qilish va ovoz berish (byulletenlar orqali ovoz berish ham nazarda tutiladi) tartibining oshkoraligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi oliy vakillik boshqaruv organining yig‘ilishlarini internet texnologiyalaridan foydalangan holda o‘tkazish;
• advokaturani isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha taklif etilgan dasturlarga ovoz berish natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining raisligiga nomzodlarni ko‘rsatish.
LiveBarchasi