Ombudsmanning yangi o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi
Jamiyat
−
15 aprel 2020
5265O‘zbekiston Respublikasida surishtiruv va dastlabki tergov organlarining faoliyati yanada takomillashtiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori loyihasida qayd etilgan.
Hujjat bilan mahkumlar va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash, ularning sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) o‘rinbosari – Tergov hibsxonalari va ozodlikdan mahrum etish joylarida inson huquqlari bo‘yicha vakil lavozimi joriy etiladi.
Tergov hibsxonalari va ozodlikdan mahrum etish joylarida inson huquqlari bo‘yicha vakilga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) kotibiyati tuzilmasiga 16 ta qo‘shimcha shtat birligi ajratiladi.
Eslatib o‘tamiz, prokuratura, ichki ishlar organlari va DXXda yangi lavozim joriy etilishi haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi