Adliya vazirligi Namanganda ayol o‘zini yoqib yuborganiga munosabat bidirdi
Olam
−
21 Oktabr 2020
13098Joriy yilning 29 sentyabr kuni Namanganda MIB xodimlari harakatiga norozilik sifatida Gulandon Dadaboyeva o‘z ustidan benzin quyib, yoqib yuborgani haqida xabar yergan edik. Gulandon Dedaboyeva olgan 80 foizdan ortiq kuyish tan jarohati natijasida 30 sentyabr kuni RSHTYOIM Namangan filialida vafot etdi. Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori, zaxiradagi prokuratura polkovnigi, yuridik fanlar nomzodi Sayyora Xo‘jayeva QALAMPIR.UZ bilan suhbatda ushbu voqeaga munosabat bildirgan edi.
Intervyuda huquq faoli ushbu holatga qo‘ni-qo‘shni, MIB, IIB xodimlari, qolaversa kadastr, notariusdan boshlab hammasi aybdorligini aytgandi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Sayyora Xo‘jayevaning fikrlarigi munosabat bildirib, ushbu holatda notariusning aybsizligini aytib chiqdi. QALAMPIR.UZ’ga berilgan izohda shunday deyiladi:
“Fuqaro G.Dedaboyeva bilan bog‘liq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat bo‘yicha munosabat
Namangan shaharidagi ushbu nizoli uy-joy Namangan shahar hokimining 2010 yil 2 iyundagi 309-sonli qarori bilan Namangan shahar, Sharq tongi MFY, Boburshoh ko‘chasi, 17-uyda yashagan marhum Dj.A.ga uy-joy qurish uchun berilgan.
Biroq, mazkur nizoli uy-joyga 2018 yil 11 dekabrda Namangan shahar hokimining 1678-sonli qarori bilan fuqaro N.F.ga nisbatan umrbod egalik qilish huquqi (VMning 2018 yil 21 iyundagi 461-son qaroriga asosan) e’tirof etilgan.
Ushbu egalik huquqiga asosan 2019 yil martda fuqarolar N.F. (sotuvchi) hamda D.M. (sotib oluvchi, ya’ni G.Dedabayevaning onasi)lar o‘rtasida ushbu nizoli uy-joyning oldi-sotdi shartnomasi notarial tasdiqlangan.
Notarius notarial harakatni yuqorida keltirilgan hokim qaroriga asosan tasdiqlagan.
Fuqaro Dj.A.ning (marhum Dj.A.ning o‘g‘li) arizasiga ko‘ra, Namangan shahar ma’muriy sudining 2019 yil 30 maydagi hal qiluv qarori bilan mazkur uy-joyga nisbatan N.F.ning egaligini tasdiqlovchi Namangan shahar hokimining 2018 yil 11 dekabrda 1678-sonli qarori haqiqiy emas deb topilgan.
Asos: Sud tomonidan Yer kodeksining 33-moddasiga asosan ushbu uyga meros qilib qoldiriladigan egalik Dj.A.ga tegishli hamda Namangan shahar, Istiqlol MFY raisi Yu.K. tomonidan tuzilgan dalolatnomaning soxta ekanligi asos deb hisoblangan.
Fuqaro Dj.A.ning da’vo arizasiga ko‘ra, Fuqarolik ishlari bo‘yicha (FIB) Namangan tumanlararo sudining 2019 yil 8 oktyabrdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, Namangan shahar ma’muriy sudining 2019 yil 30 maydagi hokim qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi hal qiluv qarori asos qilinib, 2019 yil martda fuqarolar F.N. (sotuvchi) hamda D.M. (sotib oluvchi) o‘rtasida notarial tasdiqlangan ushbu nizoli uy-joy oldi-sotdi shartnomasi haqiqiy emas deb topilgan hamda D.M.ni oila a’zolari bilan majburiy tartibda ko‘chirish belgilangan.
Birinchi instansiya sudining mazkur hal qiluv qaroridan norozi bo‘lib, fuqaro N.F. FIB Namangan viloyat sudiga apellyatsiya shikoyati bergan va FIB Namangan viloyat sudining 2019 yil 13 noyabrdagi 3-249/2019-sonli ajrimi bilan fuqaro N.F.ning apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish rad etilgan.
Majburiy ijro byurosi Namangan shahar bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan FIB Namangan tumanlararo sudining 2019 yil 8 oktyabrdagi hal qiluv qarorining fuqaro D.M. hamda uning oila a’zolarini uydan majburiy ko‘chirish qismi ijroga qaratilgan.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, uy-joy oldi-sotdi shartnomasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan bo‘lib, mazkur holat uchun notariusni aybdor qilish noo‘rin”.
LiveBarchasi