Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan farmonga muvofiq To‘lqin Sayfullayevich Abdusattarov Adliya vazirining o‘rinbosari – Intellektual mulk agentligi direktori etib tayinlandi.

To‘lqin Abdusattarov 1978 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1999 yilda Samarqand davlat universitetini, 2003 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2007 yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2003 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi falsafa va huquq instituti kichik ilmiy xodimi lavozimidan boshlagan.

2019 yil mart oyidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezident farmoniga binoan Oliy Majlic Qonunchilik palatasi deputati Rahimjon Hakimov ham Adliya vaziri o‘rinbosari – Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimiga tayinlangan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Adliya vazirligi

Baholaganlar

31

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing