Adliya vaziriga o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
30 dekabr 2021
7067Aktam Zayniddinovich Muhammadiyev Prezident qaroriga muvofiq Adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot kotibi xabar berdi.
Aktam Muhammadiyev 1977 yilda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1999 yilda Toshkent davlat yuridik instituti bakalavriat, 2001 yilda magistratura bosqichini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
Aktam Muhammadiyev mehnat faoliyatini 2001 yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yetakchi maslahatchisi lavozimidan boshlab, vazirlikning turli mas’ul lavozimlarida ishlagan.
2017 yildan bugungi kunga qadar Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
LiveBarchasi