Adliya vaziriga axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi tayinlandi
Jamiyat
−
22 Oktabr 2019
7548O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziriga axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi tayinlandi.
Vazirlikning Axborot xizmati boshlig‘i Sevara Qo‘chqoraliyevna O‘rinboyeva vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi va o‘zining avvalgi lavozimini saqlab qoldi.
Ma’lumot uchun, lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.
Avvalroq, Favqulodda vaziyatlar vaziriga axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi tayinlangani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi