Adesanyani “uxlatib qo‘ygan” Imavov yoxud Saudiyada o‘tgan UFC kechasi
Sport
−
02 fevral 10991 2 daqiqa
Kecha, 1 fevral kuni Saudiya Arabistoni UFC Fight Night turniriga mezbonlik qildi. Muxlislar bir qancha qiziqarli janglar guvohi bo‘ldi.

Yengil vazn toifasida faoliyat olib borayotgan tojikistonlik jangchi Muhammadjon Naimov avstraliyalik Kaan Ofliga qarshi oktagonga chiqdi. Uch raund to‘liq davom etgan jang yakunida hakamlar Naimovning g‘alabasini qayd etdi. Bu Naimovning faoliyatidagi 12-g‘alabasi bo‘ldi. Ofli esa faoliyatidagi 3-mag‘lubiyatni shu tarzda qabul qilib oldi.

Eng yengil vazn toifasi vakili dog‘istonlik Said Nurmuhammedovning jangiga to‘xtaladigan bo‘lsak, u ushbu kechada braziliyalik Vinisius Oliveyraga qarshi oktagonga chiqdi. Birinchi raundni o‘ziniki qilgan Nurmuhammedov ikkinchi va uchinchi raundda aktivlikni yo‘qotdi va iroda evaziga Oliveyra g‘alaba qozondi. Hakamlar braziliyalik jangchining g‘alabasini qayd etdi.
Kechaning ikkinchi eng asosiy jangida o‘rta vazn toifasi vakillari dog‘istonlik Sharabuddin Muhammedov amerikalik Maykl Venom Peyjga qarshi oktagonga ko‘tarildi. Jang davomida to‘liq ustunlik ko‘rsatgan Peyj yakunda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi. Sharabudddin esa faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

Kechaning markaziy jangida o‘rta vazn toifasi sobiq chempioni Israyel Adesanya reytingda yuqorilab kelayotgan Nasurdin Imavovga qarshi oktagonga chiqdi. Dastlabki raundda raqiblar bir-birini o‘rgandi. Ikkinchi raund boshida Imavov o‘ng qo‘l xuk zarbasini o‘tkaza oldi va Adesanya muvozanatni yo‘qotdi. Shu zahoti Nasurdin aktiv zarbalar yo‘lladi, chuqur himoyadagi Israyelni ko‘rgan referi Mark Goddard jangni to‘xtatdi.
Shu tariqa, uzoq yillik dominant chempion bo‘lgan va o‘rta vazn qiroli bo‘lgan Adesanya navbatdagi mag‘lubiyatini mana shu tarzda qabul qilib oldi. Imavov bu g‘alabadan keyin reytingda yanada yuqorilab oladi.
Live
Barchasi