Asosan qanday yondosh kasalligi borlar koronavirusdan vafot etadi?
Jamiyat
−
22 iyul 2020
17973COVID-19 koronavirus infeksiyasi bugungacha dunyo bo‘yicha 617 254 kishi vafot etdi. Jumladan, O‘zbekistonda rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, virus qurbonlari 100 nafarga yaqinlashdi.
Koronavirusdan kimlar ko‘proq o‘ladi? Qaysi qo‘shimcha kasalliklar virusning o‘lim darajasini oshirib yuboradi? “Tez yordam” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida immunolog-infeksionist Aziza Xo‘jayeva shu savolga javob berdi.
“Qandli diabet va metabolik sindrom bu judayam xavfli yo‘ldosh kasalliklar. Gipertoniya kasalliklari, insult, infarkt o‘tkazganlar ham. Infarkt bo‘lib chiqqan, stend qo‘yishgan, hayoti davom etgan, lekin koronavirus uchun shu odamlarning qon tomirari butun bo‘lmasligi mumkin. Bu vaskulit kasallik. Virus aynan qon tomirlarning ichki shilliq qismiga judayam katta ta’sir o‘tkazar ekan.
Shuning uchun, men odamlarni ogohlantirmoqchiman: o‘zingizga ehtiyot bo‘linglar, niqoblar umumiy gap emas. Uning foydasi bor. Yoningizda alomatlarsiz tashuvchi bo‘lsa, niqob siz uchun katta ko‘mak. Shifokorga nima uchun yuqadi, chunki u bir bemor bilan emas, ko‘p odamlar bilan muloqotda bo‘ladi. Ular barchadan ozginadan virus olib, oxir-oqibat organizm bosh berolmay qoladi”, deydi Aziza Xo‘jayeva.
Demak, qandli diabeti bor, insult va infarktni boshdan kechirgan, yurak-qon tomir kasalliklari bor odamlar ham o‘zlarini ehtiyot qilishlari talab etiladi.
LiveBarchasi