“Ad günün mübarək”. Aliyev Mirziyoyevni yubileyi bilan tabrikladi

Olam

image

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga qo‘ng‘iroq qilib, uni 65 yoshni qarshilagani bilan tabrikladi va birodar O‘zbekiston xalqiga farovonlik, ravnaq tiladi.

Suhbatda Prezidentlar joriy yil 21-22 iyun kunlari O‘zbekistonda o‘tgan oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuv va tadbirlarning sermahsul natijalarini yuqori baholaganlar.

O‘zbekiston-Ozarbayjon muzokaralari yakunida qabul qilingan bitim va kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.

Hukumatlar va idoralar darajasida faol muloqotlar va almashinuvlar davom etayotgani, o‘zaro tovar ayirboshlashning o‘sish sur’atlari yuqori va barqaror ekani, kooperatsiya loyihalarini ilgari surish bo‘yicha birgalikda samarali ishlanayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Shuningdek, bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlarga, shu jumladan shu yili noyabr oyida Samarqandda o‘tkaziladigan Turkiy davlatlar tashkilotining sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ilhom Aliev

Baholaganlar

45

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing