Adhamjon Ergashev og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempioniga aylandi

Sport

image

Bahraynning Manama shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

-67 kg vazn toifasida bahs olib borgan O‘zbekiston vakili Adhamjon Ergashev dast ko‘tarish mashqida 138 kg, siltab ko‘tarishda 176 kg, ikki kurash yakuni bo‘yicha esa 314 kg natija qayd etdi. U bilan raqobatlashgan hech bir raqibi ushbu ko‘rsatkichlarni yaxshilay olmadi. Natijada, Adhamjon 3 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Natijalar:

1. Adhamjon Ergashev — 314 kg (138+176 O‘zbekiston);

2. Yasin Muxammad — 303 (137+166 Indoneziya);

3. Anucha Dungsru — 301 (136+165 Tailand).

Ma’lumot uchun, Osiyo chempionatida O‘zbekistonlik atletlar hisobida 3 ta oltin, 3 ta bronza medali bor.


Maqola muallifi

Teglar

Adhamjon Ergashev

Baholaganlar

8

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing