Doston Yoqubov JCH g‘olibi bo‘lgan bahsdan fotogalereya

Sport

12

Bugun, 10 dekabr kuni Toshkentda davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionatining 4-kunida erkaklar o‘rtasida 67 kggacha bo‘lgan vaznli atletlar o‘rtasida final bellashuvi o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik. Unda o‘zbekistonlik Doston Yoqubovga teng keladigan raqib topilmadi. 

Kumush medalni Kolumbiya vakili Valensiya Moskera, bronzani esa Rossiya og‘ir atletika federatsiyasi sportchisi Zufat Garayev qo‘lga kiritdi.

Ushbu vazn toifasida O‘zbekiston nomidan Doston Yoqubov va Adhamjon Ergashev supachaga ko‘tarilgan edi.

Umumiy hisobda 324 kg toshni bo‘ysundirgan Yoqubov Jahon chempioniga aylandi. 316 kg natija ko‘rsatgan Moskera kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Garayev (315 kg) 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi. 308 kg natija ko‘rsatgan Ergashev esa umumiy jadvalda 6-o‘rin bilan kifoyalandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida o‘tkazilgan Tokio Olimpiadasida Valensiya Moskera kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Adhamjon Ergashev 6-pog‘onadan joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Og'ir atletika Adhamjon Ergashev Doston Yoqubov

Baholaganlar

56

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing