JCH–2021: O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar qachon supachaga chiqadi?

Sport

image

Joriy yilning, 7–17 dekabr kunlari Toshkent shahri og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Ayni paytda musobaqaning barcha rasmiy jarayonlari, shu jumladan 14 nafar sportchi bilan ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi vakillarining supachaga chiqish vaqtlari ma’lum bo‘ldi.   

Ruslan Nuriddinov, Akbar Jo‘rayev, Adhamjon Ergashev, Muhammadqodir Toshtemirov, Kumushxon Fayzullayeva singari nomdor atletlar musobaqa g‘olibligi uchun asosiy da’vogarlar qatorida.

Ayollar

49 kg. Zuhra Otajonova – 19:00 (8.12) 
55 kg. Jamila Panfilova – 16:00 (9.12)
71 kg. Kumushxon Fayzullayeva – 19:00 (13.12)
87 kg: Tursunoy Jabborova – 19:00 (16.12)

Erkaklar 

67 kg. Adhamjon Ergashev va Doston Yoqubov – 16:00 (10.12)
81 kg. Muhammadqodir Toshtemirov 19:00 (12.12)
89 kg. Otaxon Imomov – 10:30 (13.12 “B” guruh)
89 kg. Sarvarbek Zafarjonov – 16:00 (13.12)
96 kg. Hojiakbar Olimov – 08:30 (14.12 “C” guruhi)
96 kg. Qurbonmurod Namozov – 13:00 (15.12)
109 kg. Ruslan Nuriddinov va Akbar Jo‘rayev – 16:00 (16.12)
+109 kg. Mirhosil Mirzaboyev – 08:00 (17.12 “C” guruhi).

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati, Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi Kongressi va og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati ham O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, 2013 yilgi Jahon chempionati va 2016 yilgi Rio Olimpiadasida Ruslan Nuriddinov, 2019 yilgi Jahon chempionatining dast ko‘tarish mashqlari va Tokio-2020 Olimpiadasida esa Akbar Jo‘rayev oltin medalni qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kumushxon Fayzullaeva Jahon chempionati Og'ir atletika Ruslan Nuriddinov Adhamjon Ergashev Akbar Jo'raev Toshkent-2021 Muhammadqodir Toshtemirov

Baholaganlar

38

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing