Abituriyentlar uchun 3 ta ta’lim yo‘nalishini tanlash bo‘yicha elektron qo‘llanma ishga tushdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori loyihasida abituriyentlarning o‘qishga kirish imkoniyatlarini oshirish maqsadida bir nechta o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Hususan, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda abituriyentlarga 3 ta ta’lim yo‘nalishini tanlash huquqi berildi. Ushbu yo‘nalishlarni tanlash ko‘nikmasini mustahkamlash uchun abituriyentlarga ko‘mak va qo‘llanma sifatida maxsus dastur ishlab chiqildi. 

Ayni paytda test rejimida ishga tushirilgan mazkur dastur orqali abituriyentlar 3 ta ta’lim yo‘nalishini tanlash tajribalarini orttirishlari mumkin. Dastur Davlat test markazining dtm.uz rasmiy veb-saytida joylashtirilgan. Eslatib o‘tamiz — dastur vaqtincha oldingi yil bazasi asosida ishlamoqda, 2019-2020 o‘quv yili uchun Ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlangandan keyin yangi baza asosida ishlashi yo‘lga qo‘yiladi. 

Abituriyentlarda dastur bilan ishlash jarayoni yuzasidan tushunmovchilik yoki boshqa muammolar yuzaga kelganda dtm.uz rasmiy veb-saytiga murojat qilishi mumkin.
 


Maqola muallifi

Teglar

imtihon Abiturient test

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing