“Abu Saxiy” bozori ochildimi?

Jamiyat

image

Toshkentda koronavirus xavfi to‘liq bartaraf etilmagan bir sharoitda “Abu Saxiy” (hozirgi Toshkent savdo markazi) buyum bozori ochilgani, faoliyatiga ruxsat berilgani haqida xabarlar tarqaldi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov ushbu masalaga munosabat bildirib, “Abu Saxiy” bozori ochilganini rad qildi.

“Ayni vaqtda respublika maxsus komissiyasining qarori bilan oziq-ovqat faroliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xizmat turlari hududning toifalanishidan qat’iy nazar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

“Abu Saxiy” buyum bozori faoliyatiga ruxsat berilmagan va bu kabi xabarlar xaqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, dedi Botirjon Qurbonov.

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev karantin choralarini yumshatish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda jamoat transporti, buyum bozorlari, choyxona va umumiy ovqatlanish shoxobchalari, ta’lim muassasalari, ziyoratgohlar faoliyati bo‘yicha cheklovlar saqlanib qolishi haqida aytib o‘tgandi.

Prezident yig‘ilishidan bir necha kun oldin esa Toshkentdagi “Qanotchi” restorani karantin cheklovlariga qaramay mehmonlar uchun ochildi. Keyinroq shahar hokimligi tomonidan uning ochilgani eksperiment ekani ta’kidlandi. Biroq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi restoran eksperiment uchun emas, o‘zboshimchalik bilan faoliyatini tiklaganini ma’lum qildi va muassasa rahbariyati javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi. Restoran yana yopildi.


Maqola muallifi

Teglar

Abu Saxiy bzori

Baholaganlar

424

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar