Abu-Dabidan 8500 yoshdagi inshoot topildi
Olam
−
19 fevral 2022
6826Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi amirligi g‘arbidagi bir guruh arxeologlar Arabiston yarim orolida 8500 yil avval qurilgan birinchi inshootlarning yangi dalillarini topdi. Bu haqda “The National” nashri xabar bermoqda.
Bu kashfiyot Gaga orolida amalga oshirilgan. Olimlarning ta’kidlashicha, bu topilma hududda neolit davrida dengiz savdo yo‘llari rivojlangan vaqtda aholi punktlari mavjud bo‘lgani va odamlar yashaganini isbotlaydi.
Tuzilmalarning yoshi 8500 yil ekanligi uglerod-14 tahlili bilan isbotlangan.
Ko‘mir bo‘laklarida topilgan uglerod-14 tahlili bu material kamida 8500 yoshda ekanini ko‘rsatgan.
“Ushbu arxeologik topilmalar odamlar bu yerda 8500 yil muqaddam yashab, uylar qurishganini ko‘rsatdi. Gaga orolidagi kashfiyotlar innovatsiya va barqarorlik xususiyatlari ming yillar davomida bu mintaqa aholisi DNKsining bir qismi bo‘lib kelganini urg‘ulamoqda”, deydi Abu-Dabi madaniyat va turizm departamenti boshlig‘i Muhammad Al Muborak.
LiveBarchasi