Abramovich “saqich puli”ga Istanbuldan uy sotib oldi – “Hurriyet”
Olam
−
19 Sentabr 2023
13197Rossiyalik milliarder Roman Abramovich Istanbulning Bosfor bo‘g‘ozidan qariyb 18 mln dollarlik hashamatli uy sotib oldi. Bu haqda “Hurriyet” nashri xabar berdi.
Oligarx Rossiyaga qarshi sanksiyalardan so‘ng, Londondan Istanbulga ko‘chib o‘tgan.
“Abramovich anchadan beri Istanbuldan uy sotib olishga qiziqib yurgan. Bosforni juda yaxshi ko‘rgan milliarder sotuvdagi saroylar bilan tanishib, hatto sotib olgani haqida mish-mishlar tarqaldi”, deyiladi xabarda.
Unga ko‘ra, mulk rekonstruksiya qilinmoqda, saroyning yangi egasi u yerda vertolyot maydonchasi qurishni rejalashtiryapti. Hashamatli uy Istanbulning Bosfor bo‘g‘ozi sohilidagi Kandilli (Vanikey) deb nomlangan hududida joylashgan. Ushbu mulkning umumiy maydoni 9600 kvadrat metr bo‘lib, ikkita bino deyarli 2000 kvadrat metr maydonda joylashgan.
“Bu uyda avval jinoiy tashkilot rahbari Adnan Oktar yashagan. Mulkning yangi egasi uyga olib boradigan yo‘llarni tekislab, hududni to‘sishga kirishdi. Binolarda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Rus oligarxi ushbu uyni 18 mln dollarga sotib olgani aytilmoqda. Albatta, milliardlab dollari bor odam uchun uyning narxi "saqich puli"dek gap”, deb yozgan nashr.
Ma’lum qilinishicha, uyning yangi xo‘jayini vertolyot maydonchasi qurish uchun ruxsat olgan.
Akobir Sayidov
LiveBarchasi