Abramov Suriya va Iroqqa qarshi o‘yinga kimlarni mashg‘ulotga chaqirgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralash bosqichi uchrashuvlari uchun 28 nafar futbolchi MTJga chaqirildi. Bu haqda “Uzreport” xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, milliy jamoa uchun 6-18 noyabr kunlari Toshkent va Dubay shaharlarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etiladi. Bosh murabbiy Vadim Abramov mazkur yig‘inga 28 nafar futbolchini jalb etgan. Ushbu yig‘in doirasida Suriya hamda Iroq terma jamoalariga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yini rejalashtirilgan.

“6 noyabr kuni terma jamoamiz vakillari Toshkentda yig‘iladi va mashg‘ulotlarga kirishadi. Jamoaning barcha a’zolari yig‘ilgach, 9 noyabr kuni tongda O‘zbekiston MTJ delegatsiyasi Toshkent-Dubay havo reysi orqali BAAga yo‘l oladi”, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 12 noyabr kuni Suriya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi esa 17 noyabr kuni Iroq vakillariga qarshi o‘tkaziladi.

Quyidagi ma’lumot orqali, mazkur futbolchilar bilan tanishish mumkin:


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston futbol

Baholaganlar

158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing