Abdulla Aripov Turkmanistonga borishi kutilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov 24 may kuni Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining majlisida qatnashish uchun Turkmanistonga borishi kutilmoqda. Bu haqda MDH ijroiya qo‘mitasi xabar berdi. 

Yig‘ilish kun tartibi loyihasiga 12 ta masala kiritilgan. An’anaga ko‘ra, tor doirada Kengash a’zolari Hamdo‘stlik mamlakatlaridagi iqtisodiy hamkorlikning dolzarb mavzulari bo‘yicha fikr almashadi.

Qayd etilishicha, energetika sohasida hamkorlik konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha ustuvor chora-tadbirlar rejasi loyihalarini, shuningdek, MDHga a’zo davlatlar hududlari orqali o‘tuvchi infratuzilmani optimallashtirish va xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar rejasini keng formatda muhokama qilish taklif etilmoqda.

Bundan tashqari, yig‘ilishda sog‘liqni saqlash, kimyo sanoati, xavfli chiqindilar bilan ishlash va intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikka oid qator hujjatlarni qabul qilish rejalashtirilgan.

Hukumat rahbarlari kengashi kun tartibidagi yana bir masala – Ashxobodni Hamdo‘stlikning yangi sport imkoniyatlari shahri deb e’lon qilish.

Eslatib o‘tamiz, MDH Hukumat rahbarlari kengashining avvalgi yig‘ilishi 2023 yil oktyabr oyi oxirida Bishkekda bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda yig‘ilishda Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston hukumat rahbarlari, Ozarbayjon, Armaniston va Turkmaniston Bosh vazirlari o‘rinbosarlari, shuningdek, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi tuzilmalari va Hamdo‘stlik Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Aripov Turkmaniston Ashxobod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made