Abituriyentlarning deyarli yarmi testdan yiqildi
Jamiyat
−
27 iyul
17794Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun topshirilgan bu yilgi imtihonlarda abituriyentlarning deyarli yarmi testdan yiqildi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, imtihonlar 12 kun davom etgan bo‘lib, 737 351 nafar abituriyent test sinovlarida qatnashgan. Bu o‘tgan yilgidan 151 mingga kam. Ruxsatnoma chiqarilgan 65 243 nafar abituriyent imtihonga kelmagan. Testdan chetlatilganlar soni 94 nafarni tashkil qilgan. Testga kirgan abituriyentlarning 345 ming 869 nafari (46,9%) 56,7 ballni ham to‘play olmagan. 56,7 dan ko‘proq ball to‘plagan abituriyentlar soni 391 ming 482 nafarni (53,1%) tashkil qilgan.
Bu yil eng ko‘p abituriyentlar Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.
Eng yuqori o‘rtacha ballar Buxoro, Toshkent va Farg‘ona viloyatidan qatnashgan abituriyentlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Hududlar kesimida o‘rtacha ballar quyidagicha:
- Buxoro viloyati – 75,9 ball;
- Toshkent shahri – 74,6 ball;
- Farg‘ona viloyati – 69,9 ball;
- Namangan viloyati – 68 ball;
- Xorazm viloyati – 68 ball;
- Navoiy viloyati – 67,2 ball;
- Samarqand viloyati – 67 ball;
- Qashqadaryo viloyati – 65,9 ball;
- Jizzax viloyati – 65,5 ball;
- Surxondaryo viloyati – 64,7 ball;
- Toshkent viloyati – 64 ball;
- Andijon viloyati – 63,5 ball;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 63,3 ball;
- Sirdaryo viloyati – 62,8 ball.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 iyul kuni OTMlarga imtihon topshirish yakunlanib, endilikda Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlangani ma’lum qilingandi.
LiveBarchasi